Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Akbar Toshqulov nomzodi adliya vaziri lavozimiga maʼqullandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumot uchun, Toshqulov 1971-yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy. 1994-yili Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, huquqshunos, 1-darajali adliya maslahatchisi, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” unvoni sohibi.
U oʻz mehnat faoliyatini 1994-1995-yillarda Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
Akbar Toshqulov Toshkent davlat yuridik universiteti rektorligidan avval adliya organlari tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan boʻlib, 2017-yil aprel oyidan boshlab adliya vaziri oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling