Braziliya prezidenti qamalishi mumkin

Prezidentga bir emas bir necha masalalar bo'yicha ayblovlar qo'yilmoqda

Foto: RIA Novosti<br>

Foto: RIA Novosti

Braziliya federal politsiyasi oliy suddan prezidentni 2021-yil oktabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan soxta da'volar uchun ayblov e'lon qilishni so'radi.

Qayd etilishicha, Braziliya federal politsiyasi oliy sudda prezident Jair Bolsonaroni 680 ming dan ortiq fuqarolarining o'limiga sabab bo'lgan koronavirus epidemiyasi, shu jumladan OITS va Covid vaktsinalari o'rtasidagi bog'liqlik haqidagi soxta ma'lumotlarni tarqatgani uchun ayblov e'lon qilishni so'ragan.

Shuningdek, prezident fuqarolarni niqob taqish rejimiga qarshi chiqishga va emlanishdan bosh tortishga undaganlikda gumon qilinmoqda.

"Prezident ispan grippidan o'lganlar aslida tibbiy niqobdan foydalanish oqibatida kelib chiqqan bakterial pnevmoniyadan vafot etganini aytgan. U shu tariqa koronavirusga qarshi kurash fonida yolg'on ma'lumot tarqatib, odamlar ongiga tibbiy niqob taqmaslikni singdirdi", deyilgan tergovchilarning Oliy sudga yuborgan xatida.

Ma'lum bo'lishicha, Bolsonaro koronavirusga qarshi vaksinalarning OIV tarqalishi bilan bog'liqligini yolg'on da'vo qilishda, tegishli dori-darmonlarni sotib olishni qasddan kechiktirishda aylanmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, agar prezident aybdor deb topilsa, mahalliy qonunlarga ko'ra, u olti oygacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.

Aniqlik kiritilishicha, Braziliya prezidenti Bolsonaro hali bu xabarlarga izoh bermagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling