Toshkentda ikki ayolni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Andijon IIB matbuot xizmati

Toshkentda ikki nafar ayolni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol qoʻlga olindi. Bu haqda Andijon IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Shahrixon tumanida yashovchi ayol ndijon tumanida yashovchi bir nafar ayol va Andijon shahrida yashovchi bir nafar ayolni Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yuborish evaziga Turkiyada yashovchi “Oygul” ismli tanishidan 700 dollari olishga kelishgan.

U kelishilgan 700 dollari hisobidan 150 dollarini olib, ularni Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiya davlatiga joʻnatib yuborayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling