Shoygu Oʻzbekistonga qoʻshni davlatlardagi harbiy bazalarning jangovar tayyorgarligi oshirilganini maʼlum qildi

 Aytilishicha, Afg‘onistondagi vaziyat Markaziy Osiyo uchun jiddiy xavf bo‘lib qolmoqda

Foto: Anadolu<br>

Foto: Anadolu

Rossiya Afg‘oniston tufayli Tojikiston va Qirg‘izistondagi harbiy bazalarining tayyorgarligini oshirdi. Bu haqda Sergey Shoygu ShHT davlatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Uning soʻzlariga koʻra, IShID va “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik tashkilotlari faollashib borayotgan Afgʻonistondagi vaziyat Markaziy Osiyo mintaqasi uchun jiddiy xavf boʻlib qolmoqda.

Mamlakatda davom etayotgan qurolli qarama-qarshilik fonida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashmoqda, diniy radikalizm mafkurasi singdirilmoqda, giyohvand moddalar savdosi va transchegaraviy jinoyatlar avj olmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Shoygu.

Shuningdek, Sergey Shoyguning taʼkidlashicha, Rossiya mintaqada xavfsizlikni taʼminlash choralarini koʻrmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling