Foto: Repost.uz
Poytaxtda uy-joy ijara narxi o'rtacha 1 mln so'mni tashkil qiladi. Bu haqida Davlat Soliq qo'mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 1-oktabr holatiga ko'ra, soliq organlarida 96 mingdan ortiq turar joy ijara shartnomasi ro‘yxatga olingan.
Mavjud ma’lumotlar tahliliga ko‘ra Toshkent shahrida uy-joy ijarasi o‘rtacha oylik 1 mln so‘mdan ko‘proqni tashkil qiladi.
Hududlarda ijara haqining o‘rtacha miqdori 630 ming so‘mdan 977 ming so‘mgacha.
Respublikada ijaraga berilgan turar-joy obyektlari:
2 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha – 3 240 ta;
5 mln so‘mdan ortiq – 255 ta.

Foto: Davlat soliq qo'mitasi
Soliq solish maqsadida 2022-yilda ko'chmas mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun 1 kv. metr yashash maydoni:
Toshkent shahrida – 15 ming 500 so‘m;
Nukus va viloyat markazlarida – 9 ming 500 so‘m;
boshqa aholi punktlarida - 4 ming so'm etib belgilangan.