Videodan lavha
Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O'zbekiston va Turkmanistonning mintaqaviy va xalqaro hamkorlik masalalarining keng doirasi muhokama qilindi.
"Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishini monitoring qilish uchun parlamentlararo hamkorlik salohiyatidan bundan buyon ham samarali foydalanishimiz lozim", — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uchrashuv so‘ngida Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg‘a qildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling