Foto: news-front.info
Xitoyda biznes bilan shug‘ullanuvchi eng boy millarderlar Si Szinpin hukumat ustidan nazoratni kuchaytirganidan so‘ng bozor inqirozi tufayli 9 mlrd dollardan ko‘proq yo‘qotdi. Bu haqda "Bloomberg" xabar bermoqda.
"Si o‘zining eng yaqin ittifoqchilarini rahbarlikka qo‘ygani Xitoyning boylik va xususiy biznesga qarshi tazyiqlari davom etishiga nisbatan xavotir uyg‘otadi", deb yozmoqda Amerikaning mashhur nashri.
Foto: Bloomberg
Ma'lum bo'lishicha, dunyoning 500 ta eng boy odami orasida 2021-yil oxirida boyligi 1,1 trillion dollarni tashkil etgan 79 ta xitoylik magnat mavjud bo'lgan.
2022-yilda esa bu ko'rsatkich 76 nafarni tashkil etgan. Ularning boyligi 783 milliard dollargacha pasaygan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling