Qirolicha Yelizaveta II vafotiga saraton sabab bo'lgani aytildi

Bungacha uning o'lim sababi sifatida qarilik qayd etilgan 

Foto: Insider.com

Foto: Insider.com

8-sentyabr kuni hayotdan koʻz yumgan Buyuk Britaniya qirolichasi hujjatlarida oʻlim sababi sifatida qarilik qayd etilgan.  Bu haqda "Insider" xabar berdi.

Ammo qirollik biograflarilan biri Yelizaveta II hayotining soʻnggi yillarida saratonga qarshi kurashganini eʼlon qildi.

Qirolichaning turmush oʻrtogʻi shahzoda Filippning yaqin doʻsti, biograf Djayls Brandret qirolicha orqa miya saratoniga (miyeloma) chalinganini aytmoqda. U oʻz soʻzlarini qirolicha oʻlimidan oldin harakatlanish imkonini yoʻqotgani, ozgani va tez charchab qolishi bilan isbotlamoqda.

Brandret marhum qirolicha haqida kitob yozgan. Bukingem saroyi hozircha Brandretning soʻzlariga javob qaytarmadi.

Eslatib o'tamiz, qirolicha 96 yoshida vafot etgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling