Foto: Teznews
Andijon viloyati prokuraturasi Matbuot xizmatining xabariga koʻra, joriy yilning 12-sentabr kuni Izboskan tuman “Toʻrtkoʻl” MFY “Xotira” koʻchasida yashovchi fuqaro oilaviy kelishmovchiliklar tufayli turmush oʻrtogʻi, qaynonasi va qayniukasi bilan janjallashib, ularga pichoq bilan tan jaroxati yetkazgan.
Oqibatda, turmush oʻrtogʻi va qaynonasi hodisa joyida, qayniukasi shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan JK.ning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari davomida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling