Foto: internationalbanker
Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda “Asakabank” AJ hisob raqamidan 700 ming dollar o‘g‘irlangani haqida ma’lumotlar tarqaldi.
Bank holatga rasmiy izoh berib, ushbu hodisa mijozlarining jamg’armalariga ta’sir qilmasligini va ularning mablag’lari to’liq xavfsiz ekanligini ma’lum qildi.
“Bugungi kunda “Asakabank” AJ axborot tizimlariga amalga oshirilgan kiberxujumlar aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, aniqlangan barcha huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha materiallar belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yo‘naltirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling