O'zbek tilida so'zlashuvchilar soni 60 mlndan oshdi

Xorijiy davlatlarning 50 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘qitilmoqda

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

14-oktabr – O‘zbek tili kuni arafasida O‘zbekiston Bosh konsulligi Saudiya Arabistonining Makka shahrida vatandoshlar ishtirokida ma’rifiy tadbir o‘tkazdi, deb xabar berdi “Dunyo” nashri.

Qayd etilishicha, dunyoda o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 60 milliondan oshgan, xorijiy davlatlarning 50 dan ortiq oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tili o‘qitilmoqda.

Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan asli o‘zbek bo‘lgan buxoriylar diasporasi vakillari millatning aslini aks ettiruvchi o‘zbek tilini eʼzozlash, jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish dolzarb vazifaga aylanib borayotganini qayd etdilar. 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Saudiya Arabistonida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish, bolalar uchun milliy tilni rivojlantirish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish, ularni zarur adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling