Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida katta tezlikda avtomobil boshqarib kelayotgan haydovchi maktab o'quvchisini urib yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Unga ko'ra, mazkur hodisa joriy yilning 28-sentyabr kuni soat tahminan 11:47 atrofida Nurorbod massivining Kukumboy Shoh ko'chasida sodir bo'lgan.
Ma'lum qilinishicha, haydovchi yo'lning belgilanmagan hududida maktab o'quvchisi yo'lning narigi tarafiga yugurib o'tib ketayotganda urib yubirgan.
Hozirda, o'smirning holati noma'lum. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari ushbu hodisa bo'yicha rasmiy bayonot bermagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling