Foto: Nasafnews
Qashqadaryoda 8-sinf o‘quvchisini yuqori sinf o‘quvchilari ayovsiz kaltaklagani aytilmoqda. Bu haqda Nasafnews xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, holat maktab stadionida sodir bo‘lgan, bolani 27-maktabning 9-sinf o‘quvchilari guruh bo‘lib do‘pposlagan.
Jabrlangan bola hozirda Qarshi shahridagi tez yordam markazida og‘ir ahvolda qolmoqda. U og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazgan.
Qashqadaryo IIB axborotiga ko‘ra, holat viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, hozirda Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling