Navoiyda Matiz sakkiz yoshli qizni urib yubordi – video

Qizchaga tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga ketishga ruxsat berilgan

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida Matiz haydovchisi sakkiz yoshli qizni urib yuborgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, voqea 4-noyabr kuni Zarafshon shahri, Yulduz koʻchasida sodir boʻlgan. Unga koʻra, Matiz rusumli mashina haydovchisi belgilanmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlni yugurib kesib oʻtayotgan sakkiz yoshli qizchani urib yuborgan.

YTH oqibatida qizcha Zarafshon shahar shifoxonasida tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga ketishga ruxsat berilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Zarafshon shahar IIB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling