O‘zbekistonliklar 1 kunda 7 ta oltin medalni qo'lga kiritdi

Islom birdamligi o'yinlari 18-avgust kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan

<br>


Joriy yilning 5-avgust kuni Turkiyaning Konya shahrida Islom birdamligi o'yinlariga start berildi.

Kecha, 11-avgust kuni bo'lib o'tgan bellashuvlarda o'zbekistonlik sportchilar 7 ta oltin medalni qo'lga kiritgan.

Oltin medalga sazovor bo'lgam sportchilar quyidagilar:

Olga Zabelinskaya (velosport),

Suhrob Xo'jayev (yengil atletika (bosqon uloqtirish)),

Jahongirmirza Turopov (erkin kurash),

Omadbek Hasanov (yengil atletika (klassida balandlikka sakrash)),

Shuhrat Salayev (taekwondo),

Begzod Abdurahmonov (erkin kurash),

Sharifa Davronova (yengil atletika (uch xatlab sakrash)).

Qayd etilishicha, o'zbekistonlik sportchi Sharifa Davronova 14,30 metr natija bilan ikkinchi pog'onani egallagan edi. Ammo, 14,41 metrlik natija bilan birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Tug'ba Danishmas startdagi qizil chiziqni bosish orqali qoidalarni buzgan.

O'zbekiston yengil atletika federatsiyasi murabbiylar shtabi mazkur holat yuzasidan o'z vaqtida hakamlar qo'mitasiga raddiya berdi. Musobaqalar yakunida ushbu holat ekspertlar tomonidan ko'rib chiqilib, sportchi texnik xatoga yo'l qo'ygani va qizil chiziqni kesib o'tgani ma'lum bo'ldi. Shuningdek, Turkiya terma jamoasi a'zosining 14,41 metrlik natijasi bekor qilinib, samarqandlik Sharifa Davronova oltin medal bilan taqdirlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling