Sirdaryoda 30 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan qoʻshimcha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilingan

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 30 yoshli fuqaroga ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tan jarohatlari yetkazilgani aytildi. Bosh prokuratura holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2022-yil 25-sentyabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 30 yoshli muqaddam Jinoyat kodeksining 273-moddasi(giyohvandlik moddalari tayyorlash, olish,saqlash va b.) bilan sudlangan fuqaro shahar hududidagi xonadonlarning birida yashovchi 42 yoshli shaxsdan tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi modda boʻlgan dori vositalarini sotib olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, tadbir davomida fuqaro qoʻlida boʻlgan dorilarni yerga tashlab, faol qarshilik koʻrsatgan va qochib ketishga harakat qilgan. Biroq huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan ushlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyer shahar ichki ishlar boʻlimi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Shu bilan birga, 28-sentyabr kuni gumondorning akasi ichki ishlar hodimlari ukasiga nisbatan kuch ishlatganini bildirib, prokuraturaga murojaat qilgan. Facebook'da e'lon qilingan postda gumonlanuvchi olgan tan jarohati va uning akasi yozgan ariza matni bo'lgan.

Biroq, hozirda ushbu post o'chirib tashlangan hamda nima sababdan o'chirilganiga izoh berilmagan.

Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan qoʻshimcha tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani aytilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar