Foto: BMT
2022-yil boshidan beri 70 dan ortiq jurnalist oʻz ishini bajargani uchun oʻldirilgan. Bu haqda YUNESKO hisobotida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, aksariyat jinoyatlar ochilmayapti va dunyo boʻylab rekord darajadagi jurnalistlar qamoqda. Ularga nisbatan zoʻravonlik hodisalari tez-tez uchrab turadi.
BMT rahbarining taʼkidlashicha, jurnalistlarga nisbatan nafrat uygʻotish OAV faoliyatining buzilishiga olib keladi. U hukumatlarni mutaxassislarni oʻz ishlarini bajarishlariga imkon berish va ularni himoya qilish uchun yetarli choralarini koʻrishga chaqirgan.
YUNESKO maʼlumotlariga koʻra, 2006-2020-yillarda dunyo boʻylab 1200 dan ortiq jurnalist oʻldirilgan. Ularning aksariyat qismi ish vaqtidan tashqari paytlarda hujumga uchragan. Hatto bir nechta jurnalistlar oila aʼzolarining koʻz oʻngida oʻldirilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, 2021-yilda oʻldirib ketilgan jurnalistlar orasida ayol jurnalistlarning soni erkak jurnalistlarga qaraganda ikki baravar koʻp. Agar 2020-yilda dunyo boʻylab oʻldirib ketilgan odamlarning 6 foizini jurnalistlar tashkil etgan boʻlsa, 2021-2022yilda bu koʻrsatkich 11 foizni tashkil etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling