Ijevskdagi maktabda sodir bo'lgan otishma qurbonlari 17 nafarga yetdi

Halok bo'lganlarning 11 nafari bolalardir

Foto: izhlife<br>

Foto: izhlife


Rossiyaning Ijevsk shahridagi (Udmurtiya Respublikasi) maktabda sodir bo'lgan otishma oqibatida halok bo'lganlar soni 17 nafarga yetdi.

Ma'lum qilinishicha, halok bo'lganlarning 11 nafari bolalar.

Yaradorlar yotqizilgan kasalxona bosh shifokorining ma'lum qilishicha, 16 boladan to‘qqiz nafari, shuningdek ikki nafar katta yoshli jabrlanuvchilar reanimatsiyada.

Avvalroq, Rossiya tarkibiga kiruvchi Udmurtiya respublikasi poytaxti Ijevsk shahrida joylashgan 88-maktabda 26-sentabr kuni ertalab otishma sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.

Unga ko'ra, bir erkak maktab binosiga kirib olib, ikki qo‘riqchini o‘ldirgan, so‘ng o‘qituvchi va o‘quvchilarga qarata o‘t ochgan. Shuningdek, o'z joniga qasd qilgan.

Aniqlik kiritilishicha, hujum qilgan shaxs maktabining sobiq bitiruvchisi bo'lib, u 1988-yilda tug'ilgan Artyom Kazansev bo‘lib chiqdi.

Udmurtiya rahbari Aleksandr Brechalovning aytishicha, uning yonidan jangovar o‘qlar bilan otishga moslashtirilgan ikkita travmatik to‘pponcha topilgan. U o‘n yildan buyon “shizofreniya” tashxisi bilan psixonevrologik dispanserda hisobda turgan.

"U natsistlar mafkurasiga sodiq bo'lgan degan taxminlar bor, chunki u natsistlar ramzi tushirilgan futbolkada, balaklavada edi", — deya qo'shimcha qilgan rasmiy.

Udmurtiyada halok bo‘lganlar xotirasiga 29-sentabrga qadar motam e’lon qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qozg'atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling