Foto: 8am.media
29-noyabr kuni Afgʻonistonning Samagon viloyatida joylashgan madrasada portlash sodir boʻldi. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, portlash namoz vaqtida sodir boʻlgan. Voqea oqibatida 35 kishi halok boʻlgan va 23 kishi jarohatlangan. “Tolibon” harakati hozircha portlash haqda maʼlumot bermagan. Manbalarga koʻra, hodisa oqibatida halok boʻlganlarning aksariyati maktab oʻquvchilarini tashkil eiladi.
Maʼlumotlarga qaraganda, “Tolibon” voqea joyini toʻsib qoʻygan va hech kimga suratga olishga ruxsat bermagan. Portlash boʻlgan hududdan jasadlarni olib chiqish jarayoni davom etmoqda. Xabarga koʻra, portlash uchun javobgarlikni terrorchi guruhlardan hech biri oʻz zimmasiga olmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling