O'zbekistonda 2022-yil boshidan buyon qariyb 1500 kishi YTH oqibatida vafot etdi

Yanvar-oktyabr oylari davomida jami 6449 ta YTH sodir boʻlgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Oʻzbekistonda 2022-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida jami 6449 ta YTH sodir boʻlgan va ularning 1494 holat oʻlim bilan yakunlangan. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi muammolarini oʻrganish markazi boshligʻi Mashrab Razzoqov xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yoʻl transport hodisalarining 49,3 foizi yoʻl infratuzilmasi toʻgʻri tashkil etilmaganligi sabab sodir boʻlgan. Shuningdek, 1315 ta (20,4 foizi) YTHlariga inson omili (tezlikni oshirish, haydovchining tajribasizligi kabilar) bilan bogʻliq boʻlgan holatlar sabab boʻlgan.

Uning taʼkidlashicha, respublika boʻyicha 884 ta joyda piyodalar oʻtish joylari tashkil etilmaganligi aniqlangan. YTHlarning 522 tasi yaʼni 8,1 foizi piyodalar yoʻlaklari tashkil etilmaganligi sababli, 509 tasi (7,9 foizi) yoʻlning ikkiga ajratuvchi toʻsiqlar oʻrnatilmaganligi sababli, 381 tasi yoʻllar yoritilmaganligi sababli, yana 381 tasi esa piyodalar harakatini cheklovchi panjaralar oʻrnatilmaganligi sababli sodir boʻlgan.

284 ta avariya hodisalari yoʻlning oʻtkazuvchanlik transport oqimiga moslashtirilmaganligi, 109 ta holatlarda esa yoʻlning xoʻl yoki muzlama boʻlgani sababli yuz bergan.

Sodir etilgan yoʻl transport hodisalarining 445 ta holatida haydovchining tajribasizligi sabab boʻlgan. Shuningdek, 354 tasi (5,5 foizi) haydovchilarning oraliq masofasini saqlamaganligi sababli yuz bergan. Piyodalarga yoʻl bermaslik holatlari 362 tani, svetafor yoki yoʻl belgisiga rioya qilmaslik holatlari 148 tani, quvib oʻtish holatlari 187 tani tashkil etgan. Qolgan 459 tasi esa boshqa turli xil sabablar bilan sodir etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling