O'zbekistonda tez yordam xizmatiga bir sutka ichida 37 mingdan ortiq chaqiriq kelib tushdi

Oʻtgan bir sutka davomida “103” xizmatida jami 2733 ta tibbiyot brigadasi faoliyat koʻrsatgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Oʻzbekistondagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Shtab tashkil etildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 5-dekabr ertalabki soat 08:00 dan 6-dekabr 08:00 gacha mazkur Shtabga mamlakatdagi tez tibbiy yordam xizmati faoliyati boʻyicha maʼlumotlar kelib tushgan. Maʼlum qilinishicha, oʻtgan bir sutka davomida “103” xizmatida jami 2733 ta tibbiyot brigadasi faoliyat koʻrsatgan boʻlib, “Tez yordam” xizmatiga jami 37 336 ta chaqiriq kelib tushgan.

Shuningdek, eng koʻp chaqiriqlar:

  • Andijon viloyati — 4 491 ta;
  • Fargʻona viloyati — 4 450 ta;
  • Namangan viloyati — 3 821 ta;
  • Toshkent shahri — 3 665 ta;
  • Toshkent viloyati — 3 178 ta.

Xabarga koʻra, shu bir sutka davomida Oʻzbekiston boʻyicha 2 462 nafar kattalar, 829 nafar bolalar shifoxonaga yotqizilgan.

Maʼlum qilinishicha, 2 568 nafar chaqaloq dunyoga kelgan.

Shu bilan birga, 31 nafar 18 yoshgacha boʻlgan, 89 nafar kattalar orasida COVID-19 infeksiyasi aniqlangan. Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan jami 120 nafar bemordan 79 nafari shifoxonalarga yotqizilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling