Belgiyada jahon chempionatida Marokashdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin ommaviy tartibsizliklar yuz berdi — video

150 ga yaqin futbol ishqibozlari axlat qutilariga o't qo'yib, mashinalarga hujum qilishgan va shahar bezaklarini buzib tashlagan

Foto: DW

Foto: DW

Belgiyaliklar 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan JCh-2022 doirasidagi Marokash – Belgiya o‘yinidan so‘ng Bryusselda ommaviy tartibsizliklar boshlandi. 

Ma'lum qilinishichaa, 150 ga yaqin futbol ishqibozlari axlat qutilariga o't qo'ygan, mashinalarga hujum qilib va shahar bezaklarini buzib tashlagan.

Ular olomonni tarqatish uchun suv purkagichlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo‘lgan politsiyaga ham qarshilik ko‘rsatgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari janubiy vokzal hududidagi kvartalni avtomobillar harakati uchun to'sib qo'yishgani sabab, shahar markazida tirbandliklar keltirib chiqargan. Bir nechta metro bekatlari ham yopilgan.

Eslatib o'tamiz, Marokash Belgiyani sensatsion tarzda mag'lub etgandi. Birinchi golni 73-daqiqada Abdelhamid Sobiriy kiritdi. Natijani qo'shib berilgan vaqtda Zakariya Abuxlol mustahkamladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling