Foto: THB
Toshkent hayvonot bog‘i bosh veterinar shifokori Mahmud Kuzibayev jonivor o‘limi sabablari haqida ma'lum qildi.
Uning aytishicha, o‘limdan keyingi patologoanatomik va laborator tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, hayvonning o‘limi proventrikulyar timpaniya tufayli yuzaga kelgan miya ishemiyasi tufayli sodir bo‘lgan.
Timpaniya, o‘z navbatida, o‘n ikki barmoqli ichakning tug‘ma nuqsoni tufayli hosil bo‘lgan.
“Alatau bizga 2016-yilda 3 yoshligida keltirilgan. Bizda uning yashashi va to‘laqonli oziqlanishi uchun eng ma’qul sharoitlar yaratilgan edi, shuningdek, barcha profilaktik veterinariya tadbirlari ham o‘z vaqtida o‘tkazilgan”, - deyilgan hayvonot bog‘i xabarida.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling