Foto: teznews
Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida suv ta’minoti tizimlari va yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun BAAning Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasidan kredit jalb qilinishini ma’qulladi.
Loyiha Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda BAAga tashrifi chog‘ida imzolangan imzolangan investitsiya shartnomasida nazarda tutilgan edi.
Qayd etilishicha, kreditning umumiy miqdori 1,1 milliard dirhamni (299,4 million dollarni) tashkil qiladi. Mablag‘lar yillik 2,5 foiz stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.
Loyiha to‘rt yil (2022—2026-yillar) davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Suv ta’minoti tizimlarini modernizatsiya qilish qismi “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ va viloyat mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan, yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish qismi esa davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladi.
Ma'lum bo'lishicha, loyiha doirasida O‘zbekistonga olib kirilayotgan tovarlar va uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi. Bundan tashqari, davlat ishtirokchi kompaniyalarga ular tomonidan to‘langan QQS summalari uchun kompensatsiya to‘laydi — buning uchun 42,76 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling