Foto: flytothesky.ru
Surxondaryoda yigit qizga uylanaman deb, uning 100 mln soʻmlik buyumlarini oʻzlashtirib, qochib ketdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sherobod tumanining Qoʻrgʻon mahallasida yashovchi, jabrlanuvchi qiz tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu tumanda yashovchi, 2019-yildan hozirgi kunga qadar unga uylanishini aytib yurgan yigit, jami 100 mln soʻmlik narsa buyumlarini oʻzlashtirib ketganligini bildirgan.
5-oktyabr kuni fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling