Rossiyada qamoqda bo'lgan o'zbekistonliklar urushga olib ketilayotganligi aytildi

Olga Romanova jamgʻarmaga Oʻzbekiston elchixonasi aloqaga chiqqani ortidan hamkorlikda ish boshlashganini aytdi

Foto: RG.ru

Foto: RG.ru

Rossiyadagi huquq faoli Olga Romanova telegramm kanalida maʼlum qilishicha, Rossiya qamoqxonalarida jazo muddatini oʻtayotgan markaziy osiyolik, shuningdek, Ozarbayjon va beloruslik mahbuslar urushga jalb qilinayotgani haqida ommaviy murojaatlar tushayapti.

“Oʻtgan haftada Yaroslavldagi zonalarda oʻtirgan oʻzbekistonlik toʻrt fuqaroni olib qololdik. Ular chet ellik axir! Bugun oqshom esa Boshqirdistondagi qamoqda oʻtirgan oʻzbeklarning qarindoshlari bizga murojaat qilishdi. Ularni olib ketishibdi”, — deb yozadi Romanova.

Huquq faoliga ko'ra, chet el fuqarolarning urushda halok boʻlgani haqidagi maʼlumot ortidan ham murojaat boʻlgan: “Urushda oʻlgan belaruslik mahkumning singlisi akasini vatanida dafn qilish uchun uning jasadini "Vagner” XHSHdan ololmayapti. Bu yerda hech qanaqa pul, hech qanaqa tovon haqida gap ham ketmayapti".

Olga Romanova jamgʻarmaga Oʻzbekiston elchixonasi aloqaga chiqqani ortidan hamkorlikda ish boshlashganini taʼkidlaydi.

“Siz-chi, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston elchixonalari, fuqarolaringizni nega ukrainlarni oʻldirishga yuborayotgani bilan qiziqmaysizmi?” — deya u boshqa davlatlar elchixonalariga murojaat qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling