Toshkentda 550 ming dollarga yer sotmoqchi bo'lgani aytilayotgan ushlandi

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Foto: Prokuratura departamenti

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida oʻzgaga ajratilgan yerni sotmoqchi boʻlganlar qoʻlga olindi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Olmazor tumani boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda ikki shaxs Boʻstonliq tumani “Gʻazalkent” QFY hududidan fuqaroga uzoq muddatga vaqtincha foydalanish uchun ajratilgan jami 11,4 gektar bogʻdorchilik yer maydonini boshqa bir fuqaroga sotishga kelishgani aniqlangan.

Ular mazkur yer maydonini 550 ming dollarga sotishga kelishib, hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 50 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling