Turkiyada qoʻlbola alkogoldan zaharlanib vafot etgan Oʻzbekiston fuqarolari 23 nafarga yetdi

Ularning ikki nafari ayol

Avvalroq Istanbulda 14 yanvar kuni 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki alkogoldan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq vafot etgan fuqarolar soni 14 nafarligi aytilgandi.

30-yanvar holatiga koʻra, Turkiya hududida soxta spirtli ichimlikdan zaharlangan Oʻzbekiston fuqarolari soni 23 nafarga yetdi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ularning ikki nafari ayol. Vafot etgan barcha fuqarolarning jasadlarini Oʻzbekistonga olib ketish boʻyicha Tashqi ishlar vazirligi va Migratsiya agentligi tomonidan tegishli konsullik, huquqiy va tashkiliy yordam koʻrsatildi.

Shuningdek, baʼzi vatandoshlar davolanish kursini yakunlab, shifoxonadan chiqishgan, ayrimlari esa tibbiy muolajalarni davom ettirmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling