Foto: Open source
Qozog‘istonda mast erkak O‘zbekiston elchixonasida hujum uyushtirdi, deb xabar berdi Ostona sudi matbuot xizmati.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea 2022-yilning yanvarida sodir boʻlgan. Oʻzbekiston elchixonasi binosiga mast erkak kirib, soʻng u yerda joylashgan mulkni ataylab buzib, shikastlab qoʻygan. Natijada elchixonaga katta miqdorda moddiy zarar yetgan va bu videokuzatuv kameralari tomonidan yozib olingan.
Ushbu masala bo'yicha sud qaror chiqardi. Erkak uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Fuqaro sud tomonidan “ataylab oʻzganing mulkini yoʻq qilish yoki shikast yetkazish” bandi bilan aybdor deb topilgan.
Qayd etilishicha, ayblanuvchidann moddiy zarar miqdorini ham undiriladi, keyin esa u qamoqxonada ichkilikbozlikdan majburiy davolanishga yuboriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling