Avvalroq Istanbulda 14-yanvar kuni 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki alkogoldan zaharlanib vafot etgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq ushbu ko'rsatkich 14 nafarga yetgani aytilgandi.
17-yanvar kuni Turkiya hududida qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilish oqibatida yana 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi (barchasi erkak) vafot etdi. Bu haqda Istanbul shahridagi Bosh konsulxona xabar berdi.
18-yanvar holatiga ko‘ra, spirtli ichimlikdan zaharlanish sababli vafot etgan fuqarolarning umumiy soni 17 nafarga yetdi.
Bosh konsulxona tomonidan qalbaki spirtli mahsulotlarni iste’mol qilish natijasida vafot etgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini O‘zbekistonga yuborish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirilmoqda hamda oila a’zolariga kerakli yordam ko‘rsatilmoqda.
Shu bilan birga, Istanbul hududidagi shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanib davolanayotgan fuqarolar soni 5 nafarga yetdi. Konsulxona xodimlari ushbu vatandoshlarimizning holidan xabar olib, ularning yaqinlari va shifoxona ma’muriyati bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling