Amerika elchixonasi fuqarolaridan zudlik bilan Ukrainani tark etishni so‘radi

Bunga sabab Rossiya tomonidan Ukrainaga qilingan raketa zarbalari bo'lgan

Foto: РБК

Foto: РБК

10-oktyabr kuni AQShning Ukrainadagi elchixonasi ertalab ko‘plab shaharlarda portlash ovozlari eshitilganidan so‘ng, mamlakatdagi amerikaliklar bilan aloqaga chiqdi va ularga imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqirdi.

“Elchixona AQSh fuqarolarini oʻz joylarida boshpana topishga va xavfsiz boʻlgan taqdirda, shaxsiy yer usti transportidan foydalangan holda darhol Ukrainani tark etishga chaqiradi”, — deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, 10-oktyabr kuni ertalab Ukraina ommaviy axborot vositalari Kiyev viloyatida portlashlar sodir bo‘lganini xabar qildi. Xarkov, Odessa, Dnepropetrovsk, Lvov, Ivano-Frankivsk, Ternopil, Xmelnitskiy, Konotop, Rivne va Poltava viloyatlariga ham raketa zarbalari berilgan. Portlashlardan keyin ba’zi hududlarda elektr, yorug‘lik va suv yo‘q.

 Vladimir Putinning soʻzlariga koʻra, Rossiya qoʻshinlari Ukrainadagi energetika, harbiy qoʻmondonlik va aloqa obʼyektlariga katta zarba bergan. Uning qayd etishicha, agar Kiyev rasmiylari Rossiya hududida teraktlarni davom ettirsa, Moskvaning javobi keskin bo‘ladi va “o‘z ko‘lami jihatidan tahdidlar darajasiga mos keladi”.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling