JCH-2022. "B" guruhidan Angliya va AQSh pley-offga chiqdi — video

Eron hamda Uels terma jamoalari uchun mundial o'z nihoyasiga yetdi

Foto: TSN

Foto: TSN

Eron terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichining 3-turida AQSHga imkoniyatni boy berdi (0:1).

Uchrashuvning 38-daqiqasida Kristian Pulishich hisobni ochdi va jarohati sabab tanaffusda almashtirildi. Pulishichning goli oʻyin yakuniga qadar yagonaligicha qoldi.

AQSH 5 ochko bilan “B” guruhida ikkinchi oʻrindan pley-offga yoʻllanma oldi. Eron 3 ochko bilan uchinchi oʻrinni egallab, turnirni yakunladi.

Eron – AQSH 0:1

29-noyabr, 23.59, “stadion Al-Tumama”

Gol: 0:1 – 38 Pulishich.

Eron – Beyranvand, Rezayan, Puraligandji, Xosseyni, Moxammadi, Golizade, Xadjsafi, Ezzatollaxi, Nurollaxi, Taremi, Azmun.

AQSH – Terner, Dest, Rim, Karter-Vikers, Robinson, Adams, Makkenni, Musa, Pulishich, Vea, Sardjent.

Angliya terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichining 3-turida Uelsni magʻlub etdi (3:0).

Uchrashuvning 50-daqiqasida Markus Reshford jarima zarbasini amalga oshirib, hisobni ochdi. 52-oʻyinda Fil Foden Xarri Keynning uzatmasi bilan hisobni oshirdi. 68-daqiqada Reshford dubl qayd etdi.

Angliya “B” guruhida 7 ochko bilan 1-oʻrindan pley-offga yoʻllanma oldi. Uels 1 ochko bilan kvartetda oxirgi oʻrinni egallab, musobaqadan chiqib ketdi.

Uels – Angliya 0:3

29-noyabr, 23.59, “stadion Axmed bin Ali”

Gollar: 50 - Reshford (1:0), 52 - Foden (2:0), 68 - Reshford (3:0)

Uels – Uord, Uilyams, Rodon, Mifem, Devis, Roberts, Ampadu, Remzi, Allen, Beyl, Mur, Djeyms.

Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz, Shou, Xenderson, Rays, Bellingem, Foden, Keyn, Reshford.

Ogohlantirish: Djeyms (29).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar