Foto: Telegram
30-dekabr kuni Namangan shahridagi xonadonlarning birida yongʻin chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 17:50 da FVBga Namangan shahar “Ziyokor” MFY hududidagi xonadonlarni birida yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga borib, sodir boʻlgan yongʻinni soat 18:30 da toʻliq bartaraf etgan.
Hodisa oqibatida kuyib tan jarohati olganlar yoʻq. Xonadonning 50 kvadrat metr maydonda shift-tom qismi, uy jihozlari va xonadon egalariga tegishli hujjatlar yonib zararlangan.
Hozirda sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling