Xitoy Pelosi va uning oilasiga sanksiyalar kiritdi

Sanksiyalar hatto oila aʼzolarini ham chetlab oʻtmadi

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Xiroy Tashqi ishlar vazirligi Tayvanga tashrifi uchun AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga qarshi sanksiyalar eʼlon qildi. Shuningdek, uning yaqin qarindoshlari ham jazoga tortiladi. Bu haqda "CentralAsia" xabar bermoqda.

Unga koʻra, Xitoy tomoni XXRning tegishli qonunchiligidan kelib chiqib, uning provokatsion harakatlaridan soʻng Pelosi va uning oila aʼzolariga nisbatan sanksiyalar qoʻllashga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, Pelosi Pekinning jiddiy xavotirlari va noroziliklariga qaramay orolga tashrif buyurgan. XXR esa buni mamlakatning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazuvchi Xitoyning ichki siyosatiga qoʻpol aralashuv deb hisoblaydi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling