Foto: TACC
Rossiya ko‘mirini Yevropa Ittifoqiga yetkazib berishni taqiqlash joriy yilning 10-avgust kunidan boshlab kuchga kirdi.
Joriy yilning aprel oyida Yevropa Ittifoqi beshinchi sanksiya paketining bir qismi sifatida Rossiya ko‘mirini va boshqa qattiq qazilma yoqilg‘ilarni sotib olish, import yoki tranzit qilishni taqiqlashini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10-avgust kunidan boshlab taqiq kuchga kirdi, undan oldin tomonlarga 9-aprelgacha tuzilgan shartnomalarni bajarishga ruxsat berilgan edi.
Yevropa komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, embargo yiliga 8 milliard yevro miqdoridagi Rossiya ko‘mir eksportining 25 foiziga ta’sir qilgan.
Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2022- yilda Rossiyadan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko'mir eksporti 48,75 million tonnani (umumiy eksportning 22,6 foizini) tashkil etdi. Eng katta qismini issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan issiqlik ko'mir - 45,3 million tonna, yana 3,45 million tonnani po'lat ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan kokslangan ko'miri tashkil etdi.
BCS Global Markets ma'lumotlariga ko'ra, Ukrainada harbiy maxsus operatsiya boshlanishidan oldin Rossiya Evropa Ittifoqining energiya ko'miriga bo'lgan ehtiyojining 70 foizini ta'minlagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling