AQSh senatorlari Rossiyani terrorizm homiylari ro'yxatiga kiritmoqchi

Tegishli tashabbusni qabul qilish omili sifatida Checheniston, Gruziya, Suriya va Ukraina atrofidagi voqealar ko'rsatilgan

Amerikalik senatorlar Richard Blyumental va Lindsi Grem Ukrainadagi vaziyat tufayli Davlat departamentini chetlab o‘tib, Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kirituvchi qonun loyihasini taqdim etdi.

“Biz yaxshi bilamizki, AQSH Prezidenti Jo Baydenning ma’muriyati Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritish masalasida boshqacha nuqtai nazarga ega. Hurmat bilan, men bunga qo‘shilmayman”, — deydi senator Blyumental.

Davlat departamentining ta'kidlashicha, Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Kremlga kiritilgan sanksiyalar terrorizm belgisiga mos keladigan darajada zarar keltiradi.

Ma'lum qilinishicha, hozircha Kongress a'zolari qonun loyihasi mualliflarini qo'llab quvvatlashmayapti.

Xabarga ko'ra, Davlat Departamenti kongressmenlarni Rossiyaga bunday maqom berilishi bir qancha muammolar olib kelishi haqida ogohlantirgan.

Bundan tashqari, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov Rossiya Federatsiyasini terrorizm homiysi sifatida tan olish eng yomon javobga olib kelishini aytgan. Shuningdek, uning qo'shimcha qilishicha, Rossiyaga qarshu bunday qaror chiqarilgan taqdirda, u Moskva va Vashington o'rtasidagi diplomatik munosabatlarning avtomatik ravishda tugashini anglatmaydi.

Ma'lumot uchun, AQSh Senati 28-iyul kuni Davlat departamentini Rossiyani terrorizm homiysi sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qilgan. Tegishli tashabbusni qabul qilish omili sifatida Checheniston, Gruziya, Suriya va Ukraina atrofidagi voqealar ko'rsatilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling