Foto: allspain.info
Ispaniya mehmonxonalarida sayyohlar elektr energiyasini tejash maqsadida issiqda konditsionerlardan foydalanish bo'yicha cheklovlar joriy qilindi. Bu haqda "Sky News" xabar bermoqda.
Ispaniyaga kelgan sayyohlar yangi ko'rsatmalar oldi. Unga ko'ra, yozning issiq kunlarida sovutish tizimlarida xonalarda +27 darajadan past haroratni o'rnatish taqiqlandi.
Shuningdek, xuddi shunday qoida qishning sovuq kunlarida ham amal qiladi. Ya'ni qishda xona haroratini +19 darajadan oshirish mumkin emas.
Ushbu cheklov choralari do'konlar, barlar, restoronlar, ofislar, jamoat transportlari uchun ham amal qiladi. Shu bilan birga, innovatsiyalar haroratni saqlab turishi uchun do'konlarga kirish eshiklari doim yopiq bo'lishi kerak.
Bundan tashqari, soat 22:00 dan boshlab do'kon oynalari va bo'sh hukumat binolari yoritgichlarini o'chirish rejalashtirilmoqda.
Ma'lum bo'lishicha, yangi qoidalar 2023-yilning noyabr oyiga qadar amal qiladi.
Qayd etish kerakki, Ispaniyada yoz boshqa Yevropa davlarlariga nisbatan issiq bo'ladi. Joriy yilda mamlakatga ikki marta haddan tashqari issiq havo oqimi kirib keldi. Bir necha kun havo harorati +40 darajadan yuqori bo'lgani qayd etildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling