Foto: Taiwan News
Tayvan Mudofaa vazirligi Xitoydan uchib kelgan dronlar bilan sodir bo'lgan bir necha hodisadan keyin, Kinmen va Matsu orollariga dronlarga qarshi qurollar joylashtirganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, Fujian proviniyasi qirg'oqlari yaqinidagi Tayvan nazoratidagi orollarga bir necha kundan beri Xitoyning dronlari xech qanday ogohlantirishsiz kirishlari kuzatilmoqda. Ulardan biri 1-sentyabr kuni Kinmen okrugida tayvanlik harbiylar tomonidan urib tushirilgan.
Ma'lum qilinishicha, 2-sentyabr kuni esa Kinmen okrugidagi Liyu orolida joylashgan harbiylar Xitoy tomonidan hech qanday ogohlantirishsiz uchib o'tgan dronga bir necha bor o'q uzgan.
Tayvan Mudofaa vazirligi ushbu dron bosqinidan so'ng orollardagi askarlarni dronlarga qarshi qurollar bilan ta'minlashini aytgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, bu qurollar yerosti stansiyasi dron bilan aloqa qilishda foydalaniladigan chastotsni blokirovka qilishga qodir. Bu esa qurilmani boshqaruvdan chiqib ketishi va qulashiga olib keladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling