Foto: Repost.uz
1-sentyabrdan xalqaro yoki milliy sertifikatga ega boʻlgan maktab oʻqituvchilariga 50 foizgacha ustama beriladi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2022-yil 11-maydagi Prezident Farmoniga koʻra, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab umumtaʼlim fanlari boʻyicha tegishli darajadagi sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga quyidagi tartibda har oyda oylik qoʻshimcha ustama toʻlanadi:
xalqaro tan olingan va unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning ma'lumoti va toifasidan kelib chiqib belgilanadigan tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida;
xalqaro talablarga javob bermaydigan milliy sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning ma'lumoti va toifasidan kelib chiqib belgilanadigan tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida.
O'qtuvchilarning tarif stavkalari ularning ma'lumoti va toifasidan kelib chiqadi
Pedagog kadrlarga har oylik qoʻshimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida toʻlanadi.
Agar oʻqituvchi umumtaʼlim fanlari boʻyicha bir nechta sertifikatga ega boʻlsa, yuqoriroq foizli ustama beruvchi sertifikat boʻyicha ustama toʻlanadi.
Ustama o'qituvchiga faqat oʻz fani ixtisosligi boʻyicha sertifikatga ega bo'lsagina beriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling