Tayvan harbiylari birinchi marta Xitoy droniga oʻq uzdi

Tayvan garnizoni signal beruvchi raketalar bilan oʻq uzgach dronlar hududni tark etgan

Foto: URA.ru<br>

Foto: URA.ru

Tayvan harbiylari Kinmen oroliga arxipelagi ustidagi cheklangan hududida hech qanday ogohlantirishsiz kirgan Xalq Ozodlik Armiyasi (XOA) droniga qarata oʻq uzdi.

Maʼlum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan soat 16:23 da Kinmen arxipelagiga kiruvchi Dadan, Erdan va Shiyuy orollari hududida uchta fuqarolik droni aniqlangan.

Shuningdek, ushbu hududda joylashgan Tayvan garnizoni signal beruvchi raketalar bilan oʻq uzgach dronlar hududni tark etgan.

Biroq, oradan bir yarim soat oʻtgach, soat 17:59 da yana bir uchuvchisiz dron Erdan oroli suvlari ustidagi yopiq hududga kirgan. Shu sababli Tayvan Qurolli kuchlari oʻq-dorilar bilan bir necha marta oʻq uzgan. Soʻng uchuvchisiz dron hududni tark etib, materik Xitoy tomon uzoqlashgan.

Soʻnggi kunlarda Xitoyning "Weibo" ijtimoiy tarmogʻida Xitoy dronlarining Tayvan havo hududiga kirib borishi va Tayvan harbiylarini yaqindan suratga olishi aks etgan fotosuratlar va videolar paydo boʻldi.

Qayd etish kerak, 24-avgust kuni Tayvan hukumati 2022-yildan 2026-yilgacha dronlar bilan kurashish uchun 45 ta obyekt qurilishini e’lon qilgan edi. 2023-yilda rasmiylar uchuvchisiz uchish apparatlariga qarshi beshta mudofaa tizimlari va 232 ta to‘suvchini sotib oladi, bunda Xitoy qirg‘oqlari yaqinida joylashgan “tashqi” orollardagi harbiy inshootlarga ustuvorlik beriladi.

Ma’lumot uchun, Xitoy Tayvan atrofida davomli ravishda harbiy mashg‘ulot o‘tkazib kelmoqda. Xususan, 2-3 avgust kunlari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga tashrif buyurdi, bu esa Pekinning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi va bunga javoban orol atrofida keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaza boshladi.

O'tgan hafta oxirida, bir oy ichida to'rtinchi marta Amerika delegatsiyasining Tayvanga kelishi haqidagi xabarlardan so'ng, Xitoy orolning havo va dengiz bo'shlig'ida harbiy manevrlar qayta boshlanganini e'lon qilgan edi.

Taʼkidlash kerak, Xitoy markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi oʻrtasidagi rasmiy aloqalar 1949-yilda Kommunistik partiya bilan fuqarolar urushida magʻlub boʻlgan Chiang Kayshining gomindan qoʻshinlari Tayvanga koʻchib oʻtganidan soʻng buzilgan. Orol va Xitoy o'rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida qayta tiklangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling