Foto: Sputnik O'zbekiston
Oʻzbekiston hududlarida hafta favomida iliq havo kuzatiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Gidrometeorologiya markazi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 22-noyabr kunidan boshlab haftaning oxiriga qadar Oʻzbekiston hududiga Eron hududlaridan quruq va juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni +6...+8 darajaga koʻtariladi. Kunduzi havo harorati seshanba kuni +15...+17 darajagacha, soʻng esa +18...+20 darajagacha, baʼzi joylarda +23 darajagacha koʻtariladi.
Maʼlum qilinishicha, respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatining ayrim togʻli hududlarida yogʻingarchilik kuzatilishi mumkin.
Shuningdek, 22-noyabr kuni respublikaning ayrim togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shu bilan birga ayrim hududlarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling