Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi oʻtgan oylar davomida Oʻzbekistonga qancha Rossiya fuqarolari kirib kelganini maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, 2022-yilning 9 oyi davomida Oʻzbekistonga jami 318 ming 156 nafar Rossiya fuqarolari kirib kelgan.
Ularning 210 ming 902 nafarini erkaklar, 107 ming 254 nafarini ayollar tashkil qiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling