Foto: IIBB matbuot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Parkent tumanida oʻquvchi qizlar oʻrtasida oʻzaro janjal sodir boʻlgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan IIBB matbuot xizmati rasmiy maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu videodagi voqea 2022-yilning iyun oyida sodir boʻlgan. Unga koʻra mazkur janjal tumandagi 43-sonli maktabining 19 va 18 yoshli bitiruvchi qizlari oʻrtasida kelib chiqqan.
Xabarga koʻra, shu kunga qadar, ular yoki yaqinlari tomonidan Ichki ishlar organlariga mazkur voqea bilan bogʻliq murojaat yoki ariza kelib tushmagan.
Ushbu video janjalni tomosha qilgan 20 yoshli yigit tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib internet tarmoqlarida tarqatilgan.
Oʻrganishlar davomida, ushbu shaxslarning xatti-harakatida Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari boʻlganligi sababli, maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling