Sinoptiklar bir kun ichida Toshkentda qancha miqdorda yog'ingarchilik bo'lganini ma'lum qildi

Yomg'ir sabab shahar ko'chalarini suv bosishi bilan birga uning havosini ham tozaladi 

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

Sinoptiklar Toshkentda qancha miqdorda yomg'ir yog'ganini hisoblab chiqdi. Bu haqda O'zgidromet xabar berdi.

O‘zgidromet 7-noyabrdan 8-noyabrgacha bo‘lgan yog‘ingarchilik statistikasini taqdim etdi.

Foto: O'zgidromet

Foto: O'zgidromet

Maʼlumotlarga koʻra, Toshkent shahrida kun davomida 19 mm yogʻingarchilik boʻlgan. Shu bilan birga, eng ko‘p yog‘ingarchilik Chorvoqda qayd etilgan – 45 mm, Farg‘ona viloyati va Qoraqalpog‘istonning ikki viloyatida esa deyarli yog‘ingarchilik kuzatilmagan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Shuningdek, poytaxtda yomg'ir yog'ishi oqibatida shahar havosi yaxshigina tozalangani ma'lum qilindi.

Toshkent shaharlar reytingida havoning ifloslanishi bo'yicha dunyoda 75-o'ringa tushdi. Bu haqda IQAir portali xabar bermoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar