Ijtimoiy yordamga ajratilayotgan mablag'lar miqdori so'nggi 5 yilda 7 baravarga oshgan — prezident

Bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga koʻmak berilmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati<br>

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boshlandi.

“Biz, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlmagan darajaga olib chiqdik.

Misol uchun, 2017-yilda kam taʼminlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan boʻlsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga koʻmak berilmoqda.

Ajratilayotgan mablagʻlar esa, 7 baravar koʻpaytirilib, yiliga 11 trillion soʻmga yetdi.

Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz.

Har bir raqam ortida mashaqqatli mehnat yotibdi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling