Samarqandda qo'lbola spirtli ichimlik tayyorlash bilan shug'ullanib kelgani aytilayotgan shaxslar ushlandi

Fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

Samarqand viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida noqonuiy ravishda qoʻlbola aroq tayyorlash bilan shugʻullangan shaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro oʻzining yashash xonadonida noqonuniy ravishda spirtni qayta ishlash sexi tashkil etib, isteʼmolga yaroqsiz boʻlgan spirtli ichimlik tayyorlash bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlangan.

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

Tekshiruv tadbirlari davomida, uning xonadonidan 2 turdagi 16 dona qoʻlbola usulda tayyorlangan aroq, 540 dona aroq selofan gʻiloflari, 525 dona aroq qopqoqlari, 3 dona shisha idishlarda 30 litr spirt hidli rangsiz suyuqlik, 40 dona konyak, 1850 litr har xil idishlarda saqlanayotgan vino, 42 dona har xil turdagi boʻsh aroq shishalari topilgan.

Shuningdek, qayd etilgan mahsulotlar bilan bir qatorda alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qoʻlbola uskuna hamda yordamchi idishlar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Bundan tashqari, Narpay tumanida yashovchi ikki nafar fuqaroning yashash xonadonlarida qoʻlbola usulda tayyorlanib sotishga moʻljallangan aroq mahsulotlari saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati

Shu bilan birga, xonadondan 0,5 litr hajmdagi 100 blok “Stolichnaya” (1500 dona) va 0,45 litr hajmdagi 150 blok “Parlament” nomli (3600 dona), jami 5100 dona spirtli ichimlik mahsulotlari tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling