Foto: Repost
Toshkentda 23 yoshli yigit o'zining tanishini 270 ming AQSh dollariga chuv tushirdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Chilonzor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 2022-yilning may oyidan oktyabr oyiga qadar vaqt oralig‘ida 22 yoshli Anvar o'zining tanishi 23 yoshli Bositxonga qandolat mahsulotlarini sotish orqali tadbirkorlik qilishlarini va’da qilgan hamda bo‘lib-bo‘lib jami 270 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olib, o‘z extiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling