Foto: Tez News
Ijtimoiy tarmoqlarda, “Xoji ota-onalarni 1 milliarddan oshiq pullari tuya qilingan” nomli xabarlar tarqaldi. Andijon viloyat Prokuraturasi ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Aniqlanishicha, fuqaro Xo‘jaobod tumanidan “Umra-2022” mavsumida ziyoratga borish istagini bildirgan 74 nafar fuqarolardan jami 1,4 mlrd so‘m naqd pullarni olib o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jimogat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, tergov harakatlari Xo‘jaobod tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling