Argentinada odamlar noma'lum kasallikdan vafot etayotgani aytildi

Bemorlarning namunalari laboratoriya tekshiruviga yuborilgan

Foto: Xabardor.uz<br>

Foto: Xabardor.uz

Argentinaning Tukuman provinsiyasida ikki kishi noma’lum virusdan vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligining hududiy bo‘limi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 18-22-avgust kunlari kasalxonaning besh nafar xodimi hamda xususiy klinikadagi bir nafar bemorda kasallik belgilari aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, olti nafar bemorda ham ikki tomonlama pnevmoniya qayd etilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, bemorlarning ikki nafari vafot etgan, uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Ushbu kasallik alomatlari sezilgan yana bir bemor esa uyida, ahvoli qoniqarli.

Maʼlumotlarga koʻra, bemorlarning namunalari laboratoriya tekshiruviga yuborilgan.

Maʼlum boʻlishicha, 22-avgust kunidan buyon yangi holatlar qayd etilmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling