Argentinalik juftlik Tango musobaqasida tengsiz deb topildi — video

Musobaqa 2020-yilda karantin tufayli onlayn o'tkazilgan

Foto: wikipedia commons

Foto: wikipedia commons

Argentinalik juftlik Buenos-Ayresda o'tkazilgan jahon kubogi musobaqasining chempionlariga aylanishdi. Bu haqda "evronews" xabar berdi.

Qayd etilishicha, sahna tangosi yo'nalishida birinchi o'rinni Konstansa Vieito va Rikardo Astrada egallagan.

Yakuniy bosqich  Buenos-Ayresdagi ochiq sahnada o'tkazildi. Tango bo'yicha jahon chempionatining final musobaqasida uchta rossiyalik juftlik ishtirok etgan.

2020-yilda tango chempionati koronavirus infeksiyasi sababli onlayn formatda o‘tkazilgandi. 2021-yildan boshlab u odatdagi formatga qaytgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling